O‘zbekiston elchisi Saudiya valiahdiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni valiahdi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Saudiya Arabistoni valiahdi Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan 37 ta xorijiy davlatning 2023-2024 yillarda tayinlangan elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilgan.
Ar-Riyoz shahridagi Al-Yamama saroyida bo‘lib o‘tgan marosimdan so‘ng, o‘tkazilgan muloqotda Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon O‘zbekiston Prezidentiga mamlakat Podshohi hamda o‘zining samimiy tilaklari va iliq salomlarini yo‘llagan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 20 fevralida o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nodirjon Turg‘unov 2024 yilning mart oyida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida Ar-Riyoz shahriga borgandi. Shuningdek, u 2024 yilning noyabr oyida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. 2025 yilning aprel oyida esa u bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi vakillariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi. Shuningdek, u 2 iyun kuni Iordaniyadagi elchi sifatida ushbu mamlakat Podshohi Abdulloh II bin al-Husaynga ishonch yorliqlarini taqdim qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Nodirjon Turg'unov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing