O‘zbekiston BMT bilan hamkorlik dasturini imzoladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2647 1 daqiqa
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini imzoladi. Imzolash marosimi 24 oktyabr kuni Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlik dasturi Bosh vazir o‘rinbosari – Iiqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl tomonidan imzolandi.
Hujjat barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, tengsizlikni kamaytirish va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Besh yil davomida ushbu dastur mamlakatning milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlovchi 25 ta BMT agentligi, jamg‘armasi va dasturlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Yangi dastur oltita asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:
- samarali boshqaruv va adolat;
- munosib turmush va ijtimoiy himoya;
- sog‘liqni saqlash va farovonlik;
- inklyuziv ta’lim;
- iqlim va ekologik barqarorlik;
- Orolbo‘yi mintaqasining kompleks rivojlantirish.