O‘zbekiston aholisi 129 yilda qariyb 10 barobarga ko‘paydi
Jamiyat
−
30 iyun 2270 1 daqiqa
O‘zbekistonda mamlakat aholisi soni so‘nggi 129 yil ichida qariyb 10 barobarga ko‘paydi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Hozirda respublika aholisi soni 39 mln 47 ming 321 nafarni tashkil etmoqda.
2026 yilgi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 1989 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan qariyb ikki barobarga oshgan, 1897 yilga nisbatan esa qariyb 10 barobarga ko‘paygan.
Aholi sonining yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:
- 1897 yil – 3 mln 910,6 ming nafar;
- 1926 yil – 5 mln 272,8 ming nafar;
- 1939 yil – 6 mln 271,3 ming nafar;
- 1959 yil – 8 mln 105,6 ming nafar;
- 1970 yil – 11 mln 799,4 ming nafar;
- 1979 yil – 15 mln 390,8 ming nafar;
- 1989 yil – 19 mln 905,2 ming nafar;
- 2026 yil – 39 mln 47,3 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi