O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik doirasida yana bir yangi oliy ta’lim muassasasi ochilmoqda. 2025 yil 26 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek–Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, mamlakatda O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etilib, u o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida yuritadi. 

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab universitetda magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul boshlanadi. Keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktorantura yo‘nalishlari ham joriy qilinadi.

Qarorga ko‘ra, universitetga kirishni istagan abituriyentlar uchun maxsus tayyorlov kursi tashkil etiladi. Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga ta’lim olish uchun xorijdan kelgan talabalar soni ma’lum qilingandi. Shu yilning so‘nggi 8 oyida O‘zbekistonga ta’lim olish  maqsadida 14 216 nafar talaba kirib kelgan. Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan (4 603 nafar) kelgan.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston O'zbek–Frantsuz universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing