O‘yin vaqti chaqmoq urishi oqibatida 4 ayol vafot etdi
Sport
−
11 fevral 2025 11305 1 daqiqa
Kolumbiyada futbol o‘yini vaqtida 4 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “El Espectador” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea 9 fevral kuni Kolumbiyaning Kaxibio tumanida joylashgan El Real hududida sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar ayol halok bo‘ldi, yana 2 kishi jarohat olgan.
O‘yin boshidan yomg‘ir yog‘a boshlagan. Ko‘pchilik tomoshabinlar ichkariga kirishga ulgurgan, ba’zilari esa tashqarida qolib ketgan. Halok bo‘lganlar yomg‘irdan saqlanish uchun daraxt ostiga o‘tgan. Chaqmoq aynan o‘sha daraxtga urilgan. Tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqaruv vakillari voqea oqibatlarini baholash uchun mutaxassislar guruhini yuborganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, perulik futbolchi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi