Uyida 1,1 mlrd so‘mlik tibbiy buyumlarni noqonuniy saqlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida xonadonida jami qiymati 1 mlrd 100 mln so‘mdan oshiq tibbiy buyumlarni noqonuniy ravishda saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Toshkent-AERO” Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillari bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda oldindan shubha ostiga olingan shaxsning Yangihayot tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 38 nomdagi 3 613 turdagi tibbiy buyumlar noqonuniy ravishda saqlanayotgani fosh bo‘lgan.

Olib qo‘yilgan tibbiy buyumlar murakkab jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladigan stent, kateter va yana boshqa turdagi buyumlar inson hayoti uchun juda muhim va shu bilan bir qator yuqori xavf guruhiga kiruvchi buyumlar hisoblanadi.

“Sifati kafolatlanmagan stentning qon tomiri ichida to‘g‘ri ishlamasligi xastalikni kuchaytirishi, bemor organizmiga mos kelmasligi, allergik reaksiyalar, tromb hosil bo‘lishi yoki hatto infarktga olib kelishi mumkin. Qolaversa, maxsus sharoitlarda tashilishi va saqlanishi talab etiladigan tibbiy buyumlarning oddiy xonadonda saqlanishini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi”, deyiladi bojxona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 3 mlrd so‘mlik sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori savdosi bilan shug‘ullangan ota va bola ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangihayot tibbiy buyum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing