USAID’ning qisqarishi 14 mln odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

Olam

image

AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlarning moliyalashtirilishini keskin qisqartirish 2030 yilgacha dunyo bo‘ylab 14 million kishining hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot “The Lancet” jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Barselona global Sog‘liqni saqlash instituti professori Devid Rassell bu jarayonni so‘nggi o‘n yillikdagi “jahon sog‘liqni saqlash sohasiga eng og‘ir zarbalardan biri” deb atagan. Uning ta’kidlashicha, moliyaviy qisqartirishlar VICH/OTV, bezgak va nafas yo‘llari infeksiyalariga qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqaradi.

Hisobotga ko‘ra, 2001-2021 yillar oralig‘ida USAID tomonidan moliyalashtirilgan dasturlar 92 million kishining o‘limini oldini olishga xizmat qilgan. Jumladan, bu davrda OIV/OTVdan o‘lim darajasi deyarli uchdan ikkiga kamaygan, shuningdek, bezgak va diareya kabi kasalliklar tufayli o‘lim holatlari kamaygan – birgina bezgakka qarshi kurashda 31 million odamning hayoti saqlab qolingan.

Ma’lumot uchun, USAID 1961 yilda tashkil topgan. 2025 yilda uning chet el yordami uchun byudjeti 42,8 milliard dollarni tashkil qilishi kerak edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati 2025 yilning 30 sentyabrigacha USAID’ning xorijdagi barcha ofislarini yopishini ma’lum qilgan edi. Bu qaror 100 dan ortiq mamlakatdagi yuzlab xodimlar, diplomatlar va mahalliy ishchilarga ta’sir qildi.

USAID faoliyati to‘xtatilishi ortidan AQSH Davlat departamenti 2,9 milliard dollarlik byudjetga ega yangi A1OF jamg‘armasini tashkil etishini e’lon qildi. Davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bu jamg‘arma xalqaro inqirozlarga tezkor javob berish, Hindiston va Iordaniya kabi muhim hamkorlar bilan ishlash hamda Xitoy kabi geosiyosiy raqiblarga qarshi strategik choralar ko‘rishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

USAID bezgak odam o'limi OIV/OTV diareya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing