Urugvayning charter reysi bekor qilindi

Sport

image

Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati bilan erta xayrlashganidan so‘ng jamoa uchun rejalashtirilgan charter reysni bekor qildi. Bu haqda jurnalist Martin Charkero ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, assotsiatsiya qaroriga ko‘ra, terma jamoaning yakuniy qaydnomasiga kiritilgan barcha 26 nafar futbolchi vatanga alohida tarzda qaytishi kerak. Har bir o‘yinchi o‘zining tijorat aviareysi orqali safarini mustaqil ravishda tashkil etadi.

Urugvay terma jamoasi Jahon chempionatining “H” guruhida uchta uchrashuvda atigi ikki ochko jamg‘ardi. Jamoa Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde (2:2) bilan durang o‘ynadi, Ispaniyaga esa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada urugvayliklar guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘llanma ola olmadi.

Bu Urugvay terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi 15-ishtiroki bo‘ldi. Jamoa turnirda ikki marta 1930 va 1950 yillarda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, urugvayliklar 1954, 1970 va 2010 yillarda yarim finalgacha yetib borgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing