Urganchdagi “zapravka”ga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
08 avgust 7927 1 daqiqa
Bugun, 8 avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:47 da shaharning Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtotsisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuariga benzin yoqilg‘isini to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:56 da qurshab olingan va soat 20:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida mobilsisternada 3 tonna benzin yoqilg‘isi yonib zararlangan. Yong‘inda tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Vazirlikka ko‘ra, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Oltin dala” MFYdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida 1 ta avtotsisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.