Umarov Aichi-Nagoya-2026 o‘yinlarining delegatsiyasini qabul qildi
Sport
−
24 aprel 3686 1 daqiqa
Bugun, 24 aprel kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida (MOQ) MOQ raisi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi rahbariyat Aichi-Nagoya yozgi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
MOQ rahbariyati yaponiyalik mutasaddilar bilan bo‘lajak musobaqaga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.
Yaponiya tomoni O‘zbekiston MOQga kelishdan minnatdor ekanini bildirib, O‘zbekistonning Osiyoning yetakchi delegatsiyalardan biriga aylanib ulgurganini e’tirof etdi.

Suhbat davomida mehmonlar bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik borasida taqdimot namoyish etdi. Unga ko‘ra, yaponiyaliklar delegatsiya a’zolarining yashash manzillari va ochilish marosimi bo‘yicha barchani hayratga soluvchi “sovg‘a” tayyorlashayotganini bildirdi.
O‘z o‘rnida, MOQ rahbariyati O‘zbekistonda Sport vazirligi, federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikda bo‘lajak o‘yinlarga katta tayyorgarlik olib borilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, tashkiliy qo‘mita vakillari O‘zbekiston tomonining ishtiroki uchun barcha jabhada kerakli sharoitlarni yaratishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr