Ulug‘bek Qosimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2023 8758 1 daqiqa
Amirov Alisher Xurramovich Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Alisher Amirov 1977 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2001 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yer usti transporti tizimlari muhandisi.
U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati bo‘limi sho‘’ba mudiri, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisining o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Sherobod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2021 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Live
Barchasi