“Ularning hammasi yo‘q qilindi”. Tramp Eronda rejim o‘zgarganini aytdi
Olam
−
30 mart 6991 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp operatsiyalar natijasida Eron rejimi allaqachon o‘zgargani va yangi rahbarlar tayinlanganini aytdi. Bu haqda u kecha, 29 mart kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
“ Agar siz ko‘rgan bo‘lsangiz, rejim allaqachon o‘zgargan,chunki bir rejim yo‘q qilindi, vayron qilindi, ularning barchasi o‘ldi. Keyingi rejimning aksariyati o‘lik", degan Tramp.
Shuningdek, Tramp yangi rahbariyat ham tayinlanganini aytgan, ammo u kimni nazarda tutayotgani va AQSH aynan kim bilan ish olib borayotganini ochiqlamagan.
Bundan tashqari, Tramp hozirgi Eron rahbarlarini “mutlaqo boshqa odamlar” va “juda professional shaxslar” deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy haqida anchadan beri hech qanday yangilik olmaganini ta’kidlab, uning vafot etganini taxmin qilgandi. Tramp Ali Xomanaiyning o‘g‘li va Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy yo o‘lgan, yoki og‘ir jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi da’volarini takrorlagan.
Live
Barchasi