Ukrainaning “sevimli” nishoni: Wildberries yana hujumga uchradi (video)
Olam
−
13:59 1399 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Ukraina Rossiyaning Tula viloyatidagi Wildberries kompaniyasining logistika markaziga hujum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida logistika markazida yong‘in yuzaga kelgan. Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayevning Telegram’da ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir kishi jarohatlangan.
So‘nggi vaqtlarda dron hujumlarida o‘ndan ortiq ob’ekti zarar ko‘rgan Wildberries kompaniyasi ham hujumni tasdiqlagan. Kompaniya hodisa yuz bergan logistika markazidan xodimlarni evakuatsiya qilgani va yetkazib berish jarayonlarini boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazganini ma’lum qilgan.
Milyayevning bildirishicha, hujum oqibatida Novomoskovsk shahridagi hamda Uzlovaya tumanidagi ikkita sanoat ob’ekti, shuningdek, Tula viloyatining boshqa hududidagi ikkita ko‘p qavatli turar joy binolari ham shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari bugun, 5 avgustga o‘tar kechasi Ukraina poytaxti Kiyev va Kiyev viloyatiga ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujum uyushtirgan edi. Hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam yaralangan.
Live
Barchasi