Ukrainalik futbolchilar Makronga rossiyalik sportchilar bo‘yicha talab bilan chiqdi
Sport
−
08 yanvar 2024 8979 1 daqiqa
Ukraina o‘smirlar futbol terma jamoasi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Parij meri Ann Idalgo, Fransiya Sport vaziri Ameli Udea-Kastere va 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari tashkilotchilariga rossiyalik sportchilarni musobaqadan chetlashtirish yuzasidan murojaat xatini imzoladi. Bu haqda “ua.tribuna.com” xabar berdi.
Xususan, futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan Ukraina U-21 terma jamoasining quyidagi futbolchilari murojaatga o‘z imzosini qo‘ydi: Mixail Mudrik, Ruslan Nesheret, Aleksandr Sirota, Maksim Taloverov, Ivan Jelizko, Aleksey Sich, Bogdan Vyunnik, Konstantin Vivcharenko, Daniil Sikan, Vladislav Vanat, Anatoliy Trubin, Aleksandr Nazarenko, Maksim Bragaru, Vladimir Brajko, Dmitriy Kriskiv, Oleg Ocheretko, Georgiy Sudakov, Kirill Fesyun, Kirill Sigeyev, Daniil Alefirenko, Nikolay Mixaylenko, shuningdek, boshqa futbolchilar va jamoa murabbiylari.
Xatda aytilishicha, Olimpiada o‘yinlariga litsenziya olgan ayrim neytral rossiyalik sportchilar, xususan Vladislav Larin, Zaurbek Sidakov va Zaur Uguyevlar, shuningdek, Olimpiya o‘yinlariga kirishga yaqin bo‘lgan bir qator sportchilar Rossiya-Ukraina urushini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 8 dekabr kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga o‘z sport turlari bo‘yicha yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan Rossiya va Belarus sportchilari neytral maqomda bahslarda qatnashishiga ruxsat berdi.
Live
Barchasi