Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatsak, urush bir necha hafta ichida tugaydi – Borrel

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalar xizmati rahbari Josep Borrel agar G‘arb Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatsa, Ukrainadagi mojaro bir necha hafta ichida yakunlanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 3 iyun kuni Singapurdagi “Shangri-La Dialogi” forumida so‘z ochdi.

“Men Ukrainadagi urushni qanday tugatishni bilaman. Bu juda oson. Biz Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatsak, urush bir necha hafta ichida tugaydi”, degan Borrel. 

Bunga qaramasdan, Yevropa Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata olmaydi. Borrelning turshuntirishicha, YeI taslim bo‘ladigan dunyoni, Ukrainani ikkinchi Belarusga aylantiradigan dunyoni xohlamaydi. 

“Gap urushning tugashida emas, balki uning qanday yakunlashidadir”, deya qo‘shimcha qilgan Borrel. 

Yevropa diplomatiyasi rahbari G‘arb aynan Ukrainada tinchlik bo‘lishini istagani uchun Kiyevga harbiy yordam berishda davom etishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Borrel' harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing