Ukrainadan Polshaga o‘tgan 250 dan ortiq o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
Jamiyat
−
01 mart 2022
3845Bugun, 1 mart kuni soat 21:00 larda “Uzbekistan Airways”ning Polshaning Katovitse shahridan parvoz qilgan uchinchi maxsus samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Uning bortida Ukrainadan Polshaga o‘tkazilgan 253 nafar fuqaro bor.
Polshaning Katovitse shahri orqali O‘zbekistonga olib kelingan navbatdagi guruhning 119 nafari erkak, 68 nafari ayol va 68 nafari bolalardir.
Avvalroq Polshadan ikkita reys bilan 509 kishi O‘zbekistonga olib kelingandi.
LiveBarchasi