Ukrainadagi urush yana qancha davom etadi? 

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Sholsning fikricha, Ukrainadagi mojaro yana to‘rt yil davom etishi mumkin va bu Germaniya uchun ham sinov bo‘ladi. Bu haqda u “Frankfurter Allgemeine Zeitung” anjumanida aytdi.

“Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun hamma narsa qilamiz. Axir bu urush ikki, uch, to‘rt yil davom etishi mumkin, bu barchamiz uchun qiyinchilik tug‘diradi”, degan Germaniya kansleri jonli efirda.

Qayd etilishicha, anjuman yakunida Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Melnik ham video aloqa orqali tadbirga qo‘shilgan. Sholsdan farqli o‘laroq, u urushni imkon qadar tezroq tugatish zarurligini aytgan. 


“Biz bu urushni tezroq, joriy yilning oxirigacha tugatish uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, degan Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina urush Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing