Ukrainada jang qilish uchun pul tugab bormoqda – OAV

Olam

image

Vengriya va Slovakiya Yevropa Ittifoqi sammitining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdoridagi harbiy yordamni tasdiqlash qarorini qo‘llab-quvvatlamagani, shuningdek, XVJning so‘nggi yordam paketi atrofidagi ziddiyatlar sababli Ukrainada jangovar harakatlarni moliyalashtirish sezilarli darajada kamaygan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

“Maxfiy ma’lumotlarni anonim tarzda muhokama qilgan ham ichki, ham xorijiy rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Kiyevda xarajatlarni qoplash uchun faqat iyungacha yetadigan mablag‘ bor”, deyiladi materialda.

Shu bilan birga, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft narxining keskin ko‘tarilishidan foyda ko‘rmoqda, Vashington esa bunga katta resurs sarflamoqda. Shuningdek, AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi Ukraina bo‘yicha muzokaralarni ikkinchi darajaga tushirib yubordi.

Xorijiy OAVda AQSH Ukrainaga mo‘ljallangan qurol-yarog‘larning bir qismini Eronga qarshi urush ehtiyojlari uchun o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy agar Viktor Orban 90 milliard yevrolik kreditni bloklasa, uning manzilini Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilariga berish bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing