Ukrainada Xitoy josuslari qo‘lga olindi

Olam

image

Ukrainada “Neptun” raketa tizimiga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan Xitoy josuslari qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ular Ukrainaning “Neptun” raketa majmuasiga oid maxfiy hujjatlarni noqonuniy tarzda mamlakatdan olib chiqishga uringanlikda gumon qilinmoqda. Idora matbuot xizmati ushbu shaxslarni “Xitoy josuslari” deb atamoqda.

“Qo‘lga olinganlardan biri Kiyevdagi texnik oliygohlardan birining 24 yoshli sobiq talabasi. U 2023 yilda akademik qarzdorlik tufayli o‘qishdan chetlatilgach, Kiyevda qolgan”, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishiga doir materiallarga ko‘ra, u “Neptun” raketalarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik hujjatlarni qo‘lga kiritishi, shuningdek, ushbu loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan ukrainalik fuqaroni yollashi kerak bo‘lgan.

Ish bo‘yicha yana bir shaxs – yigitning Xitoyda doimiy yashovchi otasi hisoblanadi. UXX ma’lumotlariga ko‘ra, u vaqti-vaqti bilan Ukrainaga borib, o‘g‘lining agentlik faoliyatini shaxsan muvofiqlashtirib turgan.

Qidiruv vaqtida har ikkala gumondordan telefonlar musodara qilingan. UXXning bildirishicha, ularda shaxslarning aybdorligini isbotlovchi yozishmalar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rossiyadagi ilmiy faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirib, olimlar orasidan “Xitoy josuslari”ni qidirayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Xavfsizlik xizmati Neptun Xitoy josuslari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing