Ukraina Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketishi mumkin

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning pozitsiyalari shu darajada zaiflashdiki, hokimiyat koridorlarida yana uning iste’foga chiqishi haqida gapirilmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, “Zerkalo nedeli”ning Xalqaro siyosat departamenti sharhlovchisi Vladimir Kravchenko yozdi.

Aytilishicha, so‘nggi paytlarda Dmitriy Kulebaning Prezident Vladimir Zelenskiyga ta’siri sezilarli darajada kamaygan. E’tiborlisi, Ukrainaning yigirmaga yaqin elchixonalari, jumladan Belgiya, Buyuk Britaniya va Vengriyada boshqaruvsiz qolayotganiga qaramay, Zelenskiy vazir tomonidan elchi lavozimiga taklif qilingan nomzodlarni yo rad etgan, yoki ularni tayinlashni kechiktirib kelgan.

“Tashqi ishlar vaziri ta’sirining pasayishiga sabab prezident konsileri Yermak Kulebada nafaqat tashqi siyosat yo‘lida, balki Zelenskiyga ma’lumot berishda ham raqobatchini ko‘rmoqda”, deydi kuzatuvchi.

Hozirda Tashqi ishlar vazirligi rahbari prezident devoni rahbarining soyasida qolib ketmoqda. Kravchenkoning qo‘shimcha qilishicha, buni Yermak Kulebadan ko‘ra doim Zelenskiyga yaqinroq bo‘lgan rasmiy uchrashuvlardagi video va fotosuratlarda ham ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, bularning barchasi Kulebaning iste’fosi haqidagi gap-so‘zlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lgan. Uning o‘rniga esa Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, parlament Tashqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi rahbari Aleksandr Merejko ham nomzodlar qatorida bor.

“Merejkoning Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari etib tayinlanishi prezidentning diplomatik xizmatga ishonchsizligini ko‘rsatadi”, deb ta’kidlaydi Kravchenko.

Shu bilan birga, u TIV rahbarining iste’foga chiqishi haqidagi gap-so‘zlar Kuleba 2020 yilda lavozimga tayinlanganidan beri vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lishi va vazirning Prezident devoni rahbari Andrey Yermak bilan munosabatlari bu davrda yomonlashganini eslaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Dmitriy Kuleba Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing