Ukraina Rabotinoni ozod qildi
Olam
−
28 avgust 2023 11087 1 daqiqa
Ukraina mudofaa kuchlari Zaporoje viloyatidagi Rabotino qishlog‘ini to‘liq ozod qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi.
“Janubda biz hujumdamiz. Bu bizning asosiy hujum chizig‘imiz. Qarshi taraf Zaporoje va Xerson viloyatlarida mudofaa holatida. Bilasizmi, Rabotino ozod qilindi va bizning qo‘shinlarimiz Rabotinodan janubi-sharqqa va Malaya Tokmachka janubiga qarab harakatlanmoqda”, deydi Malyar.
Malyarning aniqlik kiritishicha, gap Novodanilovka va Novoprokopovka, shuningdek, Malaya Tokmachka va Ocheretovatiy yo‘nalishlari haqida ketmoqda.
“Mana shu yo‘nalishlar bo‘lib, bizning kuchlarimiz dushmanning shiddatli qarshiligiga qaramay, hozir oldinga siljimoqda”, deydi Mudofaa vazirligi vakili.
Shuningdek, u Baxmut yo‘nalishida bir kvadrat kilometr ozod qilinganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Rabotino Ukrainaning Zaporoje viloyati Pologovskiy tumaniga qarashli qishloq. Rabotino 1869 yilda tashkil topgan. 2022 yil mart oyida u Ukrainaga bostirib kirish paytida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr