Ukraina qarshi hujumga 40 ming jangchini tayyorlamoqda. Ular orasida ayollar ham bor
Olam
−
06 aprel 2023
8387Ukraina qarshi hujum uchun jami 40 ming kishidan iborat sakkizta yangi brigadani tayyorladi. Bu haqda ukrainalik jangchilar va ularning qo‘mondonlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ukraina tayyorlanayotgan qarshi hujumdan maqsad Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilishdir. Harbiy xizmatga chaqirilganlar va ularning murabbiylari yaqin haftalar yoki oylarda qarshi hujum kutilayotganini aytgan.
Yangi brigadalar Ukraina Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan. “Po‘lat chegara”, “Bo‘ron”, “Spartan”, “Chervona Kalina”, “Frontiyer”, “Fury”, “Azov” va “Karadag” deb nomlangan brigadalar muntazam armiya bilan birgalikda jang qiladi.
Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning aytishicha, yollanganlar orasida ayollar, harbiy tajribaga ega bo‘lmaganlar, sobiq politsiya va harbiy xizmatchilar bor. Unga ko‘ra, tajribasiz fuqarolarni o‘qitish to‘rt oygacha, sobiq politsiya va harbiy xizmatchilarga o‘rgatish esa ikki oygacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida Ukraina Ichki ishlar vazirligi Hujum gvardiyasi uchun yollanganlarni e’lon qilgan. Mart oyi oxirida esa Ukraina Milliy gvardiyasi vakillari Hujum gvardiyasiga kirishni xohlovchilardan 35 mingdan ortiq ariza kelib tushganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi