Ukraina Bosh vaziri Britaniyani Rossiyadan himoya qilishga va’da berdi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Rossiya ehtimoliy hujumi yuz bergan taqdirda uning mamlakati Buyuk Britaniyaga yordam berishini aytdi. Bu haqda u kecha, 14 yanvar kuni mahalliy televideniye efirida so‘z ochdi. 

Ukraina Vazirlar Mahkamasi rahbari Kiyev va London o‘rtasida o‘tgan haftada imzolangan xavfsizlik kafolati to‘g‘risidagi hujjatni ikki tomonlama sheriklik kelishuvi, deb atagan.

“Agar Ukrainaga qarshi tajovuz bo‘lsa, Buyuk Britaniya 24 soat ichida javob qaytaradi. Agar Rossiya bizning ittifoqdoshimizga hujum qilmoqchi bo‘lsa, Ukraina 24 soat ichida do‘sti va hamkori Britaniyaga u yoki bu tarzda yordam beradi”, degan Shmigal.

Shu bilan birga, Bosh vazir boshqa davlatlar ham Ukraina bilan shunday shartnomalar imzolashiga umid bildirgan.

Qayd etish joizki, Shmigalning bu bayonoti Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Britaniyaga tahdidi ortidan yangradi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga tashrifi davomida Prezident Vladimir Zelenskiy bilan Ukraina NATOga a’zo bo‘lgunga qadar amalda bo‘ladigan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagandi. Shundan so‘ng Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Moskva buni Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi rasmiy harbiy kontingenti Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishi sifatida baholashini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Britaniya Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing