O‘qituvchi o‘ldirildi, 25 qiz o‘g‘irlab ketildi. Nigeriyadagi maktabga qurolli hujum bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Kebbi shtatida bir guruh qurollangan jinoyatchilar Maga qishlog‘idagi maktab-internat hududiga bostirib kirib, 25 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hujum kecha, 17 noyabr kuni soat to‘rtlarda sodir bo‘lgan. Jinoyatchilar mototsikllarda kelib, avval o‘qituvchini otib o‘ldirgan, so‘ngra qo‘riqchini ham o‘ldirib, qizlarning yotoqxonasiga bostirib kirgan.

Politsiya rasmiy vakili Nafiyu Abubakar Kotarkosining so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar zamonaviy qurollar bilan qurollangan va qo‘riqchilar bilan otishma sodir etgan. Hozirda maxsus bo‘linmalar tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda, ammo jinoyatga oid hech qanday dalil topilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Nigeriya Afrikaning eng aholisi ko‘p davlatlaridan biri bo‘lib, mamlakatning shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarida jinoyatchilik avj olgan. Mazkur hududlarda to‘lov evaziga odamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanuvchi qurolli guruhlar faoliyat yuritadi. Bunday jinoyatchi to‘dalar ko‘pincha qishloq va maktab hududlariga bostirib kirib, talon-toroj qilish, odamlarni garovga olish va pul talab qilish bilan shug‘ullanadi.

Qobilova Komila


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qurolli hujum Nigeriya Kebbi shtati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing