O‘qituvchi 24 o‘quvchi qizga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

Olam

image

Kecha, 8 fevral kuni Turkiyaning Kojaeli shahri Dilovasi tumanidagi o‘rta maktabda 32 yoshli o‘qituvchi 24 nafar o‘quvchi qizga jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Turkiye Gazetesi” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi o‘quvchilar ota-onalariga o‘qituvchi tomonidan ta’qib qilinganliklarini aytgan. Shundan so‘ng ushbu holat maktab ma’muriyatiga yetkazilgan. 

Maktab rahbariyati tomonidan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda o‘tgan yil davomida o‘qituvchi tomonidan 24 nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani aniqlangan.

Ota-onalarning shikoyati asosida politsiya tomonidan tergov boshlangan. O‘qituvchi esa hibsga olinib, Kandira qamoqxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasidan chiqishini e’lon qilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya O'qituvchi zo'ravonlik jinsiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing