Turkiya ayollarni himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqdi
Olam
−
20 mart 2021
5201Turkiya ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasidan chiqishini e’lon qildi. Mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning farmoni Turkiya hukumatining rasmiy gazetasi “Resmi Gazete”da e’lon qilindi.
Shu bilan birga, vitse-prezident Fuat Oqtay mamlakat rasmiylari ayollar huquqlarini himoya qilish uchun kurashni davom ettirishiga va’da berdi.
“Turk ayollarining jamiyatdagi mavqeini munosib darajaga yetkazish uchun olib borgan samimiy kurashimiz an’anaviy qadriyatlarimizni saqlab qolish bilan davom etadi”, deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.
Yevropa Kengashining “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi konvensiyasi 2011 yilda qabul qilingan. Bu oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha birinchi Yevropa kelishuvi bo‘lgandi.
Ushbu hujjatni birinchi bo‘lib Turkiya ratifikatsiya qildi, so‘ngra yana 33 ta mamlakat ham bu qatorga qo‘shildi. Konvensiya psixologik, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik, majburiy abort, nikoh, sterilizatsiya hamda jinsiy zo‘ravonlikka nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
LiveBarchasi