Uilbur Ross: O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi JSTga yo‘lni berkitadi
Olam
−
24 Oktabr 2019
7034O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga oid munosabatlar bildirilgan maqolalar keyingi vaqtlarda OAVda tez-tez e’lon qilinmoqda. Kimdir unday, boshqasi bunday fikrda. Har-na bo‘lganda ham fikrlar xilma-xilligi bor.
O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini murakkablashtirishi mumkin. Bu haqda Vashingtondagi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumida AQSH savdo kotibi Uilbur Ross ma’lum qildi.
"Bozor islohotlarining eng muhim maqsadlaridan biri bu O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishidir. Biz ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Jahon savdo tashkiloti memorandumi savollariga Hukumatning javobini kutamiz. Shu bilan birga, biz o‘zbekistonlik sheriklarimizni yangi kelishuvlarning JSTga kirishga ta’sirini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Masalan, hozirda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish JSTga a’zo bo‘lish jarayonini murakkablashtirishi mumkin ", dedi Ross.
LiveBarchasi