UFC vitse-prezidenti Maxachev-Oliveyra jangi qachon o‘tkazilishiga ishora qildi

Sport

image

UFC vitse-prezidenti Devid Shou yengil vazn toifasidagi rossiyalik chempion Islom Maxachev va braziliyalik Charlz Oliveyra o‘rtasidagi revansh jangi qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Shou “Sportskeeda”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Dana Uayt va UFC matchmeykerlari Maxachev va Oliveyra o‘rtasida jang tashkil qilmoqchi. Biz hozir bu ma’lumotni tasdiqlay olmaymiz, biroq shuni ma’lum qilmoqchimanki, bizga 2024 yilning dastlabki oylarida katta janglar kerak”, deydi Shou.

Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi 2022 yilning oktyabr oyida UFC 280 turnirida bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuv rossiyalik jangchining ikkinchi raundda bo‘g‘ish uslubidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Maxachev MMA'da umumiy 25 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Oliveyra 34 ta jangda g‘alabaga erishgan, 9 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Oliveyra Islom Maxachev Devid Shou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing