UFC Oq uydagi turnirdan 30 million dollar zarar ko‘rdi

Sport

image

UFC musobaqalarini tashkil etuvchi TKO Group Holdings kompaniyasi Oq uyda o‘tkazilgan UFC 250 turniri bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya mazkur tadbirdan 30 million dollar zarar ko‘rgan. Bu haqda “MMA Fighting” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, dastlab turnirni o‘tkazish xarajatlari taxminan 60 million dollarga yetishi kutilgan edi. Biroq homiylik shartnomalari va boshqa hamkorlik kelishuvlari orqali kompaniya xarajatlarning bir qismini qoplashga muvaffaq bo‘lgan.

Shunga qaramay, UFC’ning 2026 yil ikkinchi choragidagi umumiy daromadi 2025 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu asosan “Paramount” bilan imzolangan translyatsiya shartnomasi tufayli mediahuquqlardan tushgan daromadning 64,7 million dollarga ko‘paygani bilan izohlanmoqda.

Ma’lumot uchun, UFC 250 turniri joriy yilning 15 iyun kuni Vashingtondagi Oq uyning Janubiy maysazorida bo‘lib o‘tgan. Tadbir AQSH Prezidenti Donald Trampning 80 yoshga to‘lishi hamda mamlakatning 250 yilligi munosabati bilan tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing