Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
17 may 2019 5689 1 daqiqa
Ertaga, 18 may kuni Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Farhod va Ali Qushchi ko‘chalari chorrahasidan Farhod ko‘chasi bo‘ylab Lutfiy ko‘chasiga, Katta Xirmontepa ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 7:30 dan 08:30 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Ko‘chalar Yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan avtotransportlar uchun berkitiladi. Shahar hokimligi yuzaga keladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025