Uch nafar o‘zbekistonlik Qirg‘iziston chegarasida janjal ko‘tardi
Olam
−
01 avgust 2021 26485 1 daqiqa
Qirg‘iziston chegarachilari va militsiya xodimlari ”Qadamjoy” nazorat-o‘tkazish punktida chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini ushladi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik ayollar chegaradan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi PZR-testni ko‘rsatmasdan o‘tmoqchi bo‘lgan. Tibbiyot xodimlari ularga mamlakatga kirishga ruxsat bermagan.
Ammo shunga qaramay, O‘zbekiston fuqarolari nazorat-o‘tkazish punktini buzib kirishga harakat qilishdi: ular o‘zini tajovuzkor tutishgan, xavfsizlik kuchlarining talablariga bo‘ysunishmagan va janjal keltirib chiqarishgan.
Chegara xizmati bunday urinishlar qonunbuzarliklarni javobgarlikka tortishgacha olib kelishini qo‘shimcha qilgan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel