“Uch qahramon” yondi: fojiadan keyin ahvol qanday?
Jamiyat
−
11 avgust 6967 1 daqiqa
Bugun, 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. QALAMPIR.UZ tafsilotlarni o‘rganish uchun voqea joyiga bordi.
Bildirilishicha, soat 02:22 da yong‘in haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Favqulodda xabar ortidan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:29 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan. Yong‘inni bartaraf etishga jami 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Yong‘indan keyingi tutunga burkangan bozorni ko‘zdan kechirar ekanmiz, yonib ketgan it jasadiga ko‘zimiz tushdi. Aytishlaricha, bu bozor qorovulining iti bo‘lgan va yong‘indan qochib chiqib keta olmagan.
Yonib ketgan bozor chetida guruh-guruh bo‘lib turgan tadbirkor, savdogar va voqea guvohlari yong‘in bir paytda bozorning turli burchaklarida paydo bo‘lgani va bu uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ammo biz mikrofon tutganimizda gapirishdan bosh tortib, buning foydasi yo‘qligini aytdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr