Uch haftadan keyin dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
10866O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 7 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9507 so‘m 89 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 33 tiyinga qimmatladi.
Yevro kursi o‘tgan haftaga nisbatan arzonlagan. 1 yevro kursi 10608 so‘m 90 tiyinga baholanib, 15 so‘m 80 tiyinga arzonlagan.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan qimmatlagan. Xususan, 1 rubl 153 so‘m 43 tiyinga tenglashib, 26 tiyinga qimmatlagan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.