“U yolg‘on gapiryapti”. Tramp Putindan norozi ekanini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan keskin norozi ekanini bildirib, Kreml rahbari Vashingtonning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishni istamayotganini aytdi. Bu haqda u kecha, 8 iyul kuni hukumat yig‘ilishi chog‘ida so‘z ochdi. 

“Bu urush bo‘lmasligi kerak edi. Juda ko‘p odamlar o‘lyapti, bu esa tugashi lozim”, deydi Tramp.

U, shuningdek, Putinning tashqi muloyimligi befoyda ekanini aytgan va “Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkinmi?”, degan savolga “Men buni ko‘rib chiqyapman”, deya javob bergan.

Shu bilan birga, Vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich X ijtimoiy tarmog‘ida senatori-republikachi Lindsi Grem tomonidan tayyorlangan “ezuvchi” sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bugun, 9 iyul kuni Kongressga taqdim etilishini bildirgan.

“Bu juda muhim hujjat. U Putinga shuni ko‘rsatadiki, qotilliklar – bu mag‘lubiyatga olib boradigan strategiya. Amerikaliklar qatliomlar va yolg‘onlarga faqat ma’lum muddatgacha chidaydi,” deb yozdi Gingrich.

Uning aytishicha, Gremning tashabbusi Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish sari “aqlli navbatdagi qadam”.

Gremning o‘zi ham avvalroq yangi qonun loyihasi Trampga Rossiya mahsulotlarini, xususan, neft-gaz eksportini sotib oladigan davlatlarga nisbatan 500 foizlik bojlar joriy etish huquqini berishini aytgan.

“Urushga barham berish uchun Tramp qo‘lida bo‘lgan bosim vositalarini kuchaytirish vaqti keldi”, deydi Grem

Qonun loyihasini allaqachon 85 senator qo‘llab-quvvatlagan, bu raqam ortib bormoqda.

Qayd etish joiz, Tramp Prezidentlikka qaytganidan beri Vladimir Putin bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qilgan. Har safar u “a’lo darajadagi muloqot” bo‘lgani va Rossiya yetakchisi go‘yoki tinchlik istayotgani haqida gapirgan. Biroq Moskva Ukraina hududlariga hujumlarni yanada kuchaytirgani tufayli Tramp bu boradagi real vaziyatni tan olishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp  rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan 3 iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi telefon muloqoti chog‘ida Rossiyaning Ukrainadagi urushi sababli AQSH sanksiyalarini kuchaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirganini va Putin, uning so‘zlariga ko‘ra, bu istiqboldan xavotirda va sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini tushunganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kreml' Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp sanktsiya neft'-gaz Ukraina Vashington Grem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing