U ajoyib futbolchi bo‘lishi mumkin – Ronaldu o‘g‘li haqida
Sport
−
17 iyun 2023 10311 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining kelajakda yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda sportchi taniqli karikaturist Omar Momani bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qilgan.
“Ko‘ramiz, u ajoyib futbolchi bo‘lishi mumkin, lekin hozircha bunga erta. Ba’zan u kola ichadi, chipslar yeydi va bundan mening jahlim chiqqanini ham biladi. Uning salohiyati bor. U tezkor, yaxshi dribling qiladi, lekin bu yetarli emas”, deydi “Al-Nasr” hujumchisi.
Shuningdek, portugaliyalik o‘g‘lining kelajakda ko‘proq qaysi kasb egasi bo‘lishini istashi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Men unga futbolchi bo‘lish uchun bosim o‘tkazmayman. Bu juda ko‘p mehnat va fidoyilikni talab qiladi. O‘g‘lim agar futbolchi yoki shifokorlikni tanlashi kerak bo‘lsa, men faqat eng zo‘r bo‘lishini istayman xolos”, deydi Ronaldu.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28