Tramp o‘ldirib ketilgan rejessyorni ham tinch qo‘ymayapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining keskin tanqidchisi, yaqinda vahshiyona o‘ldirilgan Gollivud rejissyori Rob Raynerga qarshi tanqidiy hujumini yana bir bor takrorladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Donald Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida rejissyor Rayner AQSH uchun keraksiz shaxs bo‘lganini ta’kidladi. U bundan avvalroq Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Raynerning o‘limini “Trampning telbalik sindromi” bilan bog‘lagan edi.

Trampning bunday keskin so‘zlari hatto uning partiyadoshlari, ya’ni respublikachilar orasida ham norozilikka sabab bo‘ldi.

“Rob Rayner haqida qanday fikrda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, yaqinda vahshiyona o‘ldirilgan odam haqida gaplaringiz noo‘rin va hurmatsizlikdan nishonadir”, deb yozdi Kentukki vakili Tomas Messi X sahifasida.

Rob Rayner va uning rafiqasi Mishel Rayner Los-Anjelesdagi uylarida o‘lik holda topilgan va politsiya ularning o‘g‘li Nikni qotillikda gumon qilib hibsga olgan. Hozircha politsiya jinoyat motivi yoki rejissyorning siyosiy faoliyati bunga aloqadorligi haqida hech qanday dalil topmagan.

“Dono inson qachon jim turishni yaxshi biladi. Tramp bu vaziyatda hech narsa demasligi kerak edi. Bunday gaplar uning siyosiy yutuqlaridan chalg‘itadi”, dedi Luizianadan bo‘lgan respublikachi senator Jon Kennedi Trampning harakatlarini ochiqcha tanqid qilib. 

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni amerikalik aktyor va rejissyor Rob Rayner hamda uning rafiqasi Mishel Los-Anjelesdagi uyida o‘lik holda topilgandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Rob Rayner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing