U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston musobaqa mezbonlarini taslim etdi

Sport

image

Saudiya Arabistonida davom etayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi “A” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi mezbon Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Islom Ismoilov shogirdlari o‘yindagi har uch golini 2-taymda kiritdi. Jamshidbek Rustamovning dubli va Asilbek Aliyevning goli O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini guruhda 1-o‘rin bilan chorak finalga chiqishini ta’minladi.

Bahs davomida Saudiya Arabistoni penaltidan ham foydalana olmadi.

Shunday qilib, “oq bo‘rilar” 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qayd etib, 9 ochko bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘zbekistonlik futbolchilar pley-off bosqichida “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Hozircha Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi “B” kvartetida 2-o‘rinni band etib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining chorak final o‘yini 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Toif shahri mezbonlik qiladi va Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Islom Ismoilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing