Turkmaniston birinchi marta “Bayraktar” zarbasidan foydalandi
Olam
−
27 Oktabr 2022
16537Turkmanistondagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlarda harbiylar ilk bor Turkiyaning “Bayraktar TB2” uchuvchisiz uchoqlaridan foydalandi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar poligonlariga har xil turdagi qo‘shinlar jalb etilgan. Turkmaniston havo kuchlari birinchi marta yerdagi nishonni yo‘q qilish vazifasini bajardi. Buning uchun “Bayraktar TB2” zarba beruvchi dron havoga ko‘tarildi, u 5 km balandlikda va 8 km masofada nishonga tegdi. Nishonda radar stansiyasi edi.
Bundan tashqari, zenit batareyasi samolyotni simulyatsiya qilgan nishonga zarba berish amaliyoti o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, “TurkmenAlem 52E” sun’iy yo‘ldoshi mashg‘ulotlarga jalb qilingan bo‘lib, ularda qo‘shinlarning harakatlari va dronlarning trayektoriyasi onlayn translyatsiya qilinadi. Shuningdek, mashg‘ulotlarga Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari, dengiz aviatsiyasi, jumladan, Denizhan korveti va aviatsiya jalb qilingan. “Bayraktar”lar 2021 yilda sotib olingan. Armiyadagi uchuvchisiz hujumkor samolyotlarning aniq soni noma’lum, ammo ular paradda namoyish etilgan.
Ayni vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston va Turkmaniston Turkiyaning "Baykar Makina" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz hujumkor samolyotlariga egaalik qilmoqda.
Bayraktar droni
“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi dron. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 m, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dronning amaliy shifti esa 8,2 ming m.
Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan aniq bombalari bilan qurollantiriladi.
Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan.
“Bayraktar” dronlarining muallifi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor bo‘lib, u kuni kecha "Kizil elma" nomli yangi dronni taqdim etdi.
LiveBarchasi