Turkiyalik mashxur xonanda va serial aktrisalari giyohvandlikda ayblanib qo‘lga olindi
Olam
−
12 iyun 5415 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida 11 iyun kuni kino va shou-biznes vakillari orasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash va tarqatish holatlari bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida navbatdagi yirik maxsus operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda NTV telekanali xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, operatsiya davomida jami 22 nafar shaxs qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlar orasida Turkiyaning mashhur pop xonandalaridan biri Kenan Dog‘ulu hamda “Taqiqlangan muhabbat”, “Fotmagulning aybi nima?” va “Muhtasham yuz yil”, “Ko‘sem saltanati” seriallaridagi bosh rollari bilan tanilgan aktrisa Beren Saat ham bor.
Shuningdek, politsiya bo‘limiga “Oyna ortidagi qiz” va “Qo‘riqchi farishta” seriallari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Yenis Arikan, shuningdek bloger va didjey Kerimjan Durmaz ham olib ketilgan.
Qayd etilishicha, Turkiyada so‘nggi bir necha oy davomida giyohvandlikka qarshi keng ko‘lamli operatsiyalar muntazam o‘tkazilmoqda. Avvalroq ham o‘nlab shaxslar, jumladan taniqli aktyorlar, telejurnalistlar va blogerlar qo‘lga olingan.
Shu bilan birga, 2026 yilning fevral oyida esa Istanbul sudi Bosfor sohilida joylashgan besh yulduzli “Bebek” mehmonxonasini xatlovga olgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mehmonxonada mahalliy elita vakillari ishtirokida giyohvand moddalar iste’mol qilingan bazm kechalari o‘tkazib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘plab mashhur filmlari orqali O‘zbekistonda ham tanilgan turkiyalik aktyor va model Burak Denizning test uchun topshirgan soch va qon namunalaridan giyohvand moddalar topilgan edi.

Live
Barchasi