Turkiyaga fohishalikka ketayotgan ayol to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image

1 nafar ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahri “Hunarmand” mahallasida yashovchi ayol Farg‘ona tumani “O‘rta qishloq” mahallasida yashovchi tanishi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular Qo‘shtepa tumanida yashovchi ayolni mo‘may daromad topishga qiziqtirib, undan shahvoniy maqsadlarida foydalanishni ko‘zlab, Turkiyaning Anqara shahriga borishiga ko‘ndiradi.

Joriy yilning 16 fevral kuni esa Toshkent-Anqara yo‘nalishidagi aviareysga elektron aviabilet olib beradi. Shu kuni ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan jabrlanuvchi Anqaraga uchmoqchi bo‘lganda to‘xtatib qolingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 3 nafar ayolni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) fohishalik uchun yuborayotganlar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing