Turkiyadan Farg‘onaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
26 mart 2021 4115 1 daqiqa
“Turk havo yo‘llari” (Turkish Airlines) Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Aviakompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Kaxriman boshchiligidagi ko‘p sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh, Farg‘ona xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg‘onaga borgan.

Mehmonlarni aeroport direktori Timur Xalilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib olgan.
Samarali o‘tgan muloqot chog‘ida Farg‘ona aeroportining vodiy hududida tutgan o‘rni va roli alohida e’tirof etilgan. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yo‘lovchi salohiyati, shuningdek, Turkiya bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilgan.

Uchrashuv chog‘ida havo kemalariga yer usti xizmat ko‘rsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilingan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust