Turkiyadagi YTHda 17 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyaning Istanbul shahrida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.S. yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, S.S. joriy yilning 5 aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u 15 aprel kuni hayotdan ko‘z yumgan. Marhum 17 aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim bo‘lgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ayni vaqtda u qamoqqa olinmagan. Sud majlisi joriy yilning 2 oktyabr kuniga belgilangan.

Bildirilishicha, marhumning oila a’zolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga bu haqda murojaat qilmagan. Hozirda Bosh konsulxona tomonidan jabrlanuvchining oila a’zolariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qayd etish joiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda S.S. ni ayni tug‘ilgan kunida, onasiga gul olib qaytayotganida mashina urib yuborgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan megapolislaridan biri Istanbulning Fotih tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yashar Zulayho E. bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul YTH Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing