Turkiyadagi maktabda pichoqbozlik: o‘quvchi halok bo‘ldi
Olam
−
19:35 753 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida maktabda sodir bo‘lgan pichoqli hujum oqibatida 10 yashar o‘quvchi halok bo‘ldi. Yana 7 nafar o‘quvchi shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda “Haberler“ xabar berdi.
Voqea bugun, 6 oktyabr kuni Istanbulning Bashakshexir tumanidagi Shayx Shamil Imom Hatib o‘rta maktabida sodir bo‘lgan. Hujum oqibatida 8 nafar o‘quvchi jarohatlangan. Ulardan 10 yoshli E.S.B. shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Hujumni sodir etgan gumondor Kuchukchekmeja tumanidagi litseyda tahsil olayotgan 10-sinf o‘quvchisi F.M. ekani aniqlangan. U voqeadan keyin qo‘lga olingan. Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Kamol Memisho‘g‘li hujumda jarohatlangan 8 nafar o‘quvchining shifoxonalarda davolanayotganini bildirgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir, yana ikki nafarining holati o‘rtacha og‘ir ekani aytilgan.
Voqeadan so‘ng maktabda o‘quv jarayoniga ikki kun, ya’ni 6–7 oktyabr kunlari tanaffus berilgan. Hodisa yuzasidan jinoiy va ma’muriy tekshiruv boshlangan. Voqeani har tomonlama o‘rganish uchun ikki nafar ta’lim inspektori ham jalb qilingan. Shuningdek, hujumdan jabr ko‘rgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarga psixologik yordam ko‘rsatish uchun maxsus guruhlar ish boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida noma’lum shaxs qurol bilan atrofga o‘q uzgandi. Hujum oqibatida bir o‘quvchi halok bo‘lgan, 8 kishi jabrlangan.

Live
Barchasi