Turkiyada to‘y va marosimlar o‘tkazish bo‘yicha yangi taqiqlar kuchga kirmoqda

Olam

image
Turkiyaning bosh axborot agentligi mamlakatda pandemiya xavotirli tus olayotganini e’lon qildi north_east

Turkiyaning bosh axborot agentligi mamlakatda pandemiya xavotirli tus olayotganini e’lon qildi

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana xavotirli tus olayotgani bois mamlakatning 14 viloyatida sunnat to‘yi, xina qo‘yish va unashtiruv marosimlarini o‘tkazishga taqiq qo‘yildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ichki ishlar vazirligi ertaga, 26 avgustdan boshlab Adana, Agri, Anqara, Bursa, Chorum, Diyorbakir, Erzurum, Gaziantep, Qayseri, Konya, Mardin, Shonliurfa, Van va Yozgatda sunnat to‘yi, xina oqshomi va unashtiruv marosimlarini o‘tkazishga ruxsat berilmasligini bildirdi. 

Vazirlik tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, yuqori nomi qayd etilgan 14 viloyatda to‘y va nikoh marosimlari faqat 1 soat davom etishiga ruxsat berilgan. 

Ushbu hududlardagi to‘yxonalarda raqs tushishga ham taqiq qo‘yilmoqda. Restoranlardagi stol va stullar o‘yin raqs maydonchalari o‘rniga joylashtirilib, raqs tushishga sharoiti to‘liq bartaraf etiladi. 

Shuningdek, to‘y marosimlarida 65 yoshdan kattalar, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kelin va kuyovning yaqin qarindoshi bo‘lmagan mehmonlarning ishtirok etishiga nisbatan ham taqiq o‘rnatilmoqda. 

Ushbu 14 viloyatdagi har bir to‘yxonada bir nafardan davlat xizmatchisi – politsiya xizmat faoliyatini olib boradi va o‘rnatilgan tartibga rioya etilayotganini nazorat qiladi. Ushbu qoidalarga rioya qilmaganlar jarimaga tortiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus aniqlanganlar soni 261 194 nafarga yetdi. Ularning 237 908 nafari sog‘aygan, 6 163 nafar vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing