Turkiyada og‘ir hastalikka chalingan qizaloq O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Turkiyadagi shifoxonada og‘ir hastalik bilan davolanib kelayotgan 5 yoshli qizaloq yaqinlari hamda shifokorlar hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning dekabr oyidan buyon Turkiyadagi shifoxonalarning birida og‘ir xastalik bilan davolanib kelayotgan 5 yoshli Z.S. Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan O‘zbekistonga qaytishida ko‘maklashilgan.

Shuningdek, bemorning ortga qaytishida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi, Turkiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari mutasaddilari hamda davolanib kelgan shifoxona mutaxassislariga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildirilgan.

Elchixona bemor va uning yaqinlariga sog‘lik-salomatlik tilagan va fuqarolarni tibbiy xizmat ko‘rsatish niqobi ostida Turkiyada uchrayotgan firibgarlik holatlaridan ogohlikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi bolalar uyiga joylashtirilgan 5 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona O'zbekistonga qaytarildi 5 yoshli qizaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing