Turkiyada fohishaxona tashkil qilgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

3-sahifa

image

Turkiyaning Manisa viloyati Solihli tumanida fohishaxona tashkil qilgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda DHA xabar qildi.

Qayd etilishicha, tumanda o‘tkazilgan fohishalikka qarshi operatsiya davomida chet el fuqarosi bo‘lgan 2 ayol qo‘lga olingan, ularga vositachilik qilgan bir shaxs esa hibsga olingan.

Tuman ichki ishlar bo‘limining jamoat tartibini saqlash guruhi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 41 yoshli U.Y. Kojachashma mahallasidagi manzilda 2 ming lira (taxminan 546 000 so‘m) evaziga fohishalik faoliyatini tashkil qilgani aniqlangan.

Belgilangan manzilda o‘tkazilgan reydda Qirg‘iziston fuqarolari – 35 yoshli A.I. va 37 yoshli G.D. qo‘lga olingan.

Ichki ishlar organlaridagi tekshiruvlardan so‘ng chet el fuqarosi bo‘lgan ayollar deportatsiya qilish maqsadida maxsus qaytarish markaziga yuborilgan.

U.Y. esa “fohishalikka vositachilik qilish va joy ta’minlash” ayblovlari bilan hibsga olinib, qamoqxonaga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talaba qizni Turkiyaning Istanbul shahriga shahvoniy ekspluatatsiya uchun yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh Samarqand xalqaro aeroportida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya fohishaxona o'zbekistonlik ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing