Turkiyada avtobus ag‘darilib ketdi. 4 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Shimoliy Marmara avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi va oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Voqea bugun, 18 avgust kuni soat 06:15 da sodir bo‘lgan. Tokat shahridan Tekirdag shahri tomon harakatlanayotgan avtobus haydovchisi Sanҗaktepe tumani hududida burilishni eplay olmay, to‘siqlarga borib urilgan. Shu boisdan halokat yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlangan. 

Hodisa joyiga politsiya, tez yordam va yong‘in o‘chirish xodimlari yuborilgan.

Avtobusdagi 4 kishi voqea joyida vafot etgan, 26 kishi esa jarohatlangan. Yaradorlardan 24 nafarining davolanishi shifoxonada davom etmoqda, 2 yo‘lovchiga javob berib yuborilgan. 

Avtobus voqea joyidan kran yordamida olib ketilgach, yo‘l qaytadan harakat uchun ochilgan. Shuningdek, respublika Bosh prokuraturasi tomonidan tergov boshlangan va avtobus haydovchisi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jazoirning Xarash okrugida avtobus ko‘prikdan daryoga qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘lib, yana 9 kishi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya avtobus Tekirdag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing