Turkiya ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

Olam

image

Turkiyaning muhim mudofaa sanoati loyihalaridan biri bo‘lgan mahalliy uzoq masofali ballistik raketa Tayfun uchinchi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rize-Artvin aeroportidan uchirilgan raketa rejalashtirilgan nishonga tekkan va sinov jarayonini muammosiz yakunlagan. Raketa parvozi Qora dengiz tomonga yo‘naltirilgan. 

“Mudofaa sanoati raisligi va ROKETSAN hamkorligida ishlab chiqilgan Tayfun ballistik raketa tizimi sinov otilishi bilan kuchini yana bir bor isbotladi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, Rize-Artvin aeroportidan ishga tushirish chog‘ida atrofdagi va aeroport ichida keng qamrovli xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Raketaning uchirilishi davomida necha kilometrga yetib borgani haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, sinov jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, Tayfun raketasi avval ham ikki marta Rize-Artvin aeroportidan muvaffaqiyatli uchirilgan. Birinchi sinov 2022 yil 18 oktyabrda o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi sinov 2023 yil 23 mayda qayd etilgan. Ushbu yakuniy sinov loyihaning borishi va tizimning ishonchliligini yana bir bor namoyish etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Fergani Space kompaniyasining birinchi sun’iy yo‘ldoshi koinotga uchirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya ballistik raketa Tayfun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing