Turin universiteti talabasini urib, o‘ldirib qo‘ygan yigitga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
24 mart 2022
16257Avvalroq, o‘tgan yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi bir musht tushirilishi oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha yigitga hukm o‘qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi yigit Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ma’lumotu uchun, voqea 2021 yil 25 noyabr kuni soat 12:30 larda Turin politexnika univrsitetining hovlisida yuz bergan. Uuniversitet darvozasining yonida bir necha nafar yigitlar urishgan.
Qayd etilishicha, tortishuv bo‘layotgan paytda S.ning A. hamda A.R. ismli do‘stlari voqea joyiga keladi. A.R. (aybdor) atrofdagi hammani aylanib o‘tib, Sh.R.ning yuziga bir musht tushirib, yiqitgan. Buning oqibatida Sh.R. voqea joyida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lummotiga asosan Sh.R. o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, miya osti pardalari va to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi A.R. muqaddam sudlangan.
LiveBarchasi