Tunda Toshkent aeroportida “svet” o‘chib qoldi 

Jamiyat

image

Toshkent aeroportida bugun, 6 yanvar soat 2:28 da qisman elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, elektr uzilishi mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da Qo‘yliq podstansiyasidagi kichik nosozlik tufayli sodir bo‘lgan. Xabarda uzilish samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga ta’sir qilmagani va barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib borayotgani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, ketish va kelish zallari zaxira dizel generatorlar va UPS yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Soat 02:49 ga kelib elektr energiyasi to‘liq tiklangan.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2025 yilda ham Andijon shahridagi podstansiyada qisqa tutashuv oqibatida chiqqan yong‘in sababli ayrim hududlar elektrsiz qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aeroport svet elektr uzilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing